MANZARALI O’SIMLIKLAR FITOPATOLOGIYASI
- Author: S.A.MISIROVA, N.R.MELANOVA
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Namangan
- Year: 2019
- Views: 276
Darslikda butun dunyoda va respublikamiz iqlim sharoitida o‟stirilayotgan manzarali o‟simliklarning fitopatologiyasi va biologiyasini o‟rganish, hamda ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirish masalalari ko‟rib chiqilgan.
O‟simliklar dunyosidagi hamma yashil o‟simliklar kabi manzarali o‟simliklar ham insonlarning talaygina extiyojlarini qondirishga qodirdir. manzarali o‟simliklarining har xil to‟qimalaridan tayyorlangan preparatlar xalq tabobati va tibbiyotda turli kasalliklarga qarshi ishlatilib kelmoqda.
Ma‟lumki, manzarali o‟simliklar shahar va qishloqlarning husniga husn qo‟shadi. Ular havodagi zavod va fabrikalardan chiqadigan har xil kimyoviy moddalar, chang-to‟zonlar va tutunlarni tutib qoladi. Ayniqsa, xonadonlarda o‟stirilayotgan gullar xonalarning mikroiqlimini yaxshilaydi va kislorod bilan boyitadi.
Darslik gulchilik sohasida, jumladan 5411200- Manzarali bog‟dorchilik va ko‟kalamzorlashtirish ta‟lim yo‟nalishidagi talabalar va magistrantlarning manzarali bog‟dorchilik, botanika va o‟simliklar fiziologiyasi, manzarali bog‟dorchilik biotexnologiyasi va mikrobiologiya hamda manzarali bog‟dorchilik fitopatologiyasi fanlarini chuqur o‟rganish uchun mo‟ljallangan. Shuningdek undan viloyatlar va tumanlardagi gulchilik tarmog‟i fermer xo‟jaliklari va xususiy tadbirkorlar, o‟simliklarni himoya qilish mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.