166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

Jismoniy tarbiya va sportda adaptatsiya va modellashtirish

Jismoniy tarbiya va sportda adaptatsiya va modellashtirish

  • Author: B.T.HAYDAROV
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: SAMARQAND
  • Year: 2022
  • Views: 345
Sign up for read

Hozirgi kunda ta’lim oldidagi eng muhim masalalaridan biri jismoniy madaniyat va sport fanlari ham jahon andozalariga javob beradigan o‘quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalaridan foydalanib o‘qitishdir. Mazkur fan magistr yo`nalishi: 70112201 - Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi magistratura mutaxassisligi yo`nalishi uchun mo`ljallangan bo`lib, talabalarga adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va uni tashkil etish asoslari, kasbiy faoliyat to`g`risida yaxlit tushuncha, metodik yondashuvlar, ushbu turdagi ijtimoiy amaliyotning umumiy qonuniyatlarini o`zlashtirishini ta'minlash, foydalanish masalalarini o`z bilim doirasiga qamrab oladi.

O`quvchilarda o`quv jarayonida mustaqillik va ijodkorlik istagini shakllantirish, ularni ilmiy tadqiqotlar bilan tanishtirish, ijodiy faoliyatda o`z tajribalarini rivojlantirishni ta'minlash;

Talabalarga kelgusida kasbiy faoliyatga hissiy jihatdan qimmatli munosabatda bo`lish tajribasini o`rganish uchun sharoit yaratib berish, kelajakda ularga imkoniyati cheklanganlarni har tomonlama sog`lomlashtirish, ularning sog`lig`iga ijtimoiy integratsiyasini ta'minlash va hayot sifatini yaxshilash.

Fanni o`qitishdan maqsad - bo`lajak kadrlarga jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bo`yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb etuvchi jismoniy madaniyat bo`yicha kasbiy bilimlar, ko`nikma va malakalar hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalana olish kabi bilimlar bilan qurollantirishni ko`zda tutadi.

Fanning vazifasi - bo`lajak jismoniy madaniyat o`qituvchilariga o`quv muassasalari maktabgacha ta`lim muassasalari, umumta`lim maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollej o`quvchilarini adaptiv jismoniy madaniyat mashg`ulotlarida moslashuvchan umumrivojlantiruvchi mashqlardan, umumiy va maxsus mashqlardan foydalanish hamda sport musobaqalari, sport bayramlarini tashkil qilish va o`tkazish hamda sinfdan tashqari to`garaklarni tashkil qilish kabi bilimlarini shakllanishini o`rganishga ko`maklashadi.

O`rganish ob`ekti. Mazkur fan dasturi magistr yo`nalishi: 70112201 - Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi magistratura mutaxassisligi yo`nalishi uchun mo`ljallangan bo`lib, ob`ekti talabalarga adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va uni tashkil etish asoslari, usullari va dars jarayoni hisoblanadi.