Jismoniy madaniyatni o’qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar
- Author: G.XOLBOYEVA
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: SAMARQAND
- Year: 2022
- Views: 278
YuNESKO tomonidan tan olingan pedagogik texnologiya oqimi 30-yillarda AQShda paydo bo’ldi va 70-80 yillarda barcha rivojlangan mamlakatlarni qamrab oldi.
Ta’lim nazariyasi va amaliyotida o’quv jarayoniga texnologik xususiyatni berish uchun 50-yillarda birinchi urinishlar qilib ko’rilgan. Ular o’z ifodasini an’anaviy o’qitish uchun mo’ljallangan majmuali texnik vositalarning yaratilishida namoyon qiladi.
Hozirgi vaqtda “pedagogik texnologiya ta’lim berishning texnik vositalari yoki kompyuterdan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmay, balki bu ta’limiy samaradorlikni oshiruvchi omillarni tahlil qilish yo’li orqali, yo’l va materiallarni tuzish hamda qo’llash, shuningdek qo’llanilayotgan usullarni baholash orqali ta’lim jarayoni tamoyillarini aniqlash va eng maqbul yo’llarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotdir” (Mejdunarodnыy yejegodnik po texnologii obrazovaniya i obucheniya, 1978/79. London, Nyu-York, 1978).
Pedagogik amaliyotda yangi yo’l va vositalarini jadal tatbiq etilayotganligini kuzatish mumkin. Biroq ba’zi ta’lim shakl va faol usullar o’rniga bo’linmas ta’limiy texnologiyalar zarur. Lekin ta’limiy jarayonni texnologiyali loyihalashtirish va rejalashtirishni, faqat texnologik bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan o’qituvchi bajara olishi mumkin.
Texnologik bilimlar tizimi quyidagi tashkil etuvchilardan iborat:
Ø tushunchaga oid qism - texnologiyalashtirishning murakkabroq bo’lgan toifa va qoidlarini o’rganishga yo’l;
Ø ta’lim texnologiyasining tarkibiy qismi va harakatlanuvchi tuzilma - ta’lim jarayonini bashoratlash va loyihalashtirish asosi to’g’risida tushuncha;
Ø ta’limiy texnologiyalarning konseptual asoslari - har qanday ta’lim texnologiyasi negiziga pedagogik va psixologik fanlar yutug’ida ifodalangan pedagogik g’oya asos bo’ladi;
Ø maqsadni belgilash - pedagogik vazifalar aniqlangan bo’lsa va o’quv faoliyatining yakuniy natijalari bir ma’noda ifodalangan bo’lsa, boshlanish shartlari ma’lum bo’lsa, ta’lim jarayonini loyihlashtirish mumkin;
Ø ta’lim berish modeli – maqbul yo’l (usul va shakl)lar va vositalar yig’indisi - mavjud sharoitlar va belgilangan vaqtda obyektning boshlang’ich holatini o’zgartirish bo’yicha ko’zlanayotgan natijalarga erishish kafolati;
Ø boshqaruvning yo’l va vositalar yig’indisi - bashoratlash, loyihalashtirish, rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat va baholash, shuningdek tezkor o’zgartirish to’g’risida boshqaruv xulosasini qabul qilish maqsadida ta’lim jarayonini uzluksiz va muntazam kuzatish - monitoring.
Har bir yo’l va vosita o’qituvchi-texnolog tomonidan, u intilayotgan, yakuniy natijaga erishishga ko’rinarli qo’shgan hissasi tomoni bilan baholanishi zarur. Qoidaning maqbulligini talqin qila turib, e’tiborni nafaqat unga, uni qo’llashni nazarda tutuvchi vaziyat yoki sharoitlarga qaratish zarur. Gap shundaki, qoidalar odatda formula emas, boshqaruv xususiyatga ega bo’ladi, madomiki ularni qo’llash mumkin bo’lgan, ta’lim jarayoni sharoitida ayrim noaniqliklar bor. Bundan tashqari, avvalda shu narsani o’quv vaziyatida qo’llab, muvaffaqiyatga erishgan o’qituvchi-amaliyotchi yoki hammaga ma’lum bo’lgan ta’lim berish texnologiyasining muallifida, shuni qoidasiz umumlashtirishdagi xatoliklar tarqalgan. Mohiyat shundaki, barcha turli-tumanlikdan mavjud sharoitda va o’quv rejasida berilgan vaqtda ko’zlanayotgan natijaga erishishni kafolatli ta’minlaydigan, so’ngra esa undan shu sharoit uchun mos keladigan, ta’lim berish texnologiyasining - yagona majmuini loyihalashtirish mumkin bo’ladigan, axborot, muloqot va boshqaruvning shunday yo’l va vositalarini baholashi, farqlashi va tanlashni uddalashi muhim.
2. Mashhur marketolog Dj. O’Shonessining “...kitoblar hyech qachon tajriba o’rnini bosa olmaydi degan fikriga qo’shilish mumkin. Mahoratli oshpaz oshpazlik to’g’risida kitob yozishi mumkin, uni tayyorlash yo’liga amal qilib, xuddi shunday chiqishini kutmaslik kerak, chunki uning mahorati bilan taqqoslab bo’lmaydi - berilgan qoidani ishlatib muhim ko’nikma va malakalar ega bo’lish mumkin emas, ular faqat amaliyotda egallanadi va “qo’llaniladigan donishmandlik” deb ataluvchi amaliyotli donishmandlik bilan mustahkamlanadi, ya’ni vaziyat bilan muvofiqlikdagi donishimandlik” (Dj. O’Shonessi, 2000).
Ushbu qo’llanma bilan tanishganingizdan so’ng shu zahoti umidsizlikka tushmang, siz shu zahoti ta’lim berish texnologiyasini loyihalashtira olmaysiz. Shuni esda saqlangki, qo’llaniladigan donishmandlik kitob bo’yicha formularni o’rganishda emas, balki haqiqiy ishni bajarganda hosil bo’ladi (Dj. O’Shonessi, 2000).
3. “Ta’lim jarayonini ixtiyoriy qurish va amalga oshirishdan, uning har bir qism va bosqichlarini izchil asoslangan, yakuniy natijani haqqoniy tashxislashga yo’naltirilgan” ga o’tish uchun asos zarur (V. Bespalko, 1989).
Agarda siz ta’lim jarayonini texnologiyalashtirishga o’tish muhimligini anglamas ekansiz, unda “biz yangi texnologiyalarning yutug’larini bermaylik, paydo bo’lgan muntazamlik mexanizmini chiqarib tashlay olmaydi, yo bo’lmasa majbur qilingan texnologiyalar ziyonli natijalarni ko’paytirishi mumkin”.
4. Nihoyat, shaxsiy ta’lim berish texnologiyasini loyihalashtirish va mavjud ta’lim berish texnologiyasini qo’llash “o’qituvchi, vaziyat madaniyati, shuningdek shaxsiy yoki talabalarning shaxsiy xususiyatlari bilan yuzma-yuz kelish yo’nalishi bilan ish tutmog’i kerak” (Ye.S. Polat, 2000).
Ushbu O’UM jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishidagi bakalavr uchun mo’ljallangan.