166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

Мaktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya

Мaktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya

  • Author: G.XOLBOYEVA
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: SAMARQAND
  • Year: 2022
  • Views: 319
Sign up for read

Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik 
bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini 
kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab 
ta’limiga tayѐrlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jaraѐniga 
zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har 
tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shartsharoitlar yaratish maqsadida «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2707-sonli qarori 
29.12.2016 y.), «Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko’rsatish faoliyatini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3276-sonli qarori (15.09.2017y), 
«Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi PQ-3261-sonli qarori (09.09.2017 y.), «O’zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida»gi PQ-3305-sonli 
qarori (30.09.2017 y.), «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» PF-5198-sonli Farmoni (30.09.2017 
y.), Jismoniy tarbiya ommaviy sportni rivojlantirish to`g`risidagi konsepsiya hamda 
5 ta muhim tashabbus qabul qilindi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq jismoniy 
tarbiya va sportni rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish ishlariga katta 
e’tibor berib kelinmoqda. Barkamol yosh avlodni tarbiyalash davlat siyosatining 
ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Respublikamizda zamonaviy 
uzluksiz ta’lim tizimi shakllandi.Ushbu ta’lim tizimining poydevorini maktabgacha 
ta’lim tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning 
asosiy maqsadi yosh avlodni jismonan sog‘lom,aqlan yetuk,ma’nan boy,har 
tomonlama barkamol shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan 
iborat.Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi maktabgacha yoshdagi bolalarga 
jismoniy tarbiya berish uchun nazariy va metodik bilimlarni egallashi g‘oyat 
muhimdir. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tizimini –kun 
tartibi,jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, chiniqtirish,madaniy-gigenik 
ko‘nikmalar,ertalabki badantarbiya tashkil etadi.Bu ish shakllarini to‘g‘ri tashkil 
etish va o‘tkazish metodikasii bilan bo‘lajak tarbiyachilar “Maktabgacha ta’limda 
jismoniy tarbiya metodikasi “fanini o‘rganish orqali egallab boradilar. Majmuada 
maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasi fanining nazariy jixatlari asoslab 
berilgan. Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasi o`quv fanini 
o`zlashtirish uchun zarur bo`lgan birlamchi ma’lumotlar yoritilgan.