QURILISHDA MENEJMENT» KAFEDRASI
- Author: Tairov Sh., Maxmudov E., Isakov M., To’raev N.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: toshkent
- Year: 2004
- Views: 267
shaklidagi xalqaro xo’jalik tarmoqlari kompleksining qiymat ifodasi.
Fond bozori – qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-sotdi
jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor.
Xizmat ko’rsatish sohasi – ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan
ko’rinishga ega bo’lmagan iste’mol qiymatlarini yaratishga yo’naltirilgan sohalari. U
o’z ichiga moddiy xizmatlar ko’rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va
boshqalar) hamda nomoddiy xizmatlar ko’rsatish (huquqiy maslahatlar berish,
o’qitish, malaka oshirish va boshqalar)ni oladi.
Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan o’zlarining
tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish
maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor
xo’jalik faoliyatidir.
Eksport – tashqi bozorda sotish uchun tovar-pullarni chet elga chiqarish.
Emissiya – qog’oz pullarning g’aznaxonaga yoki boshqa davlat moliya organlari
tomonidan muomalaga chiqarilishi; barcha shakldagipul belgilarini muomalaga
chiqarish.
Yagona soliq to’lovi – kichik biznes sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida
turli solik va yig’imlar o’rniga soddalashtirilgan tartibda to’lanuvchi soliq turi.
Yalpi ichki mahsulot – mamlakatda bir yil davomida ishlab chiqarilgan jami
pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor qiymati