NAQSH HOSIL QILISH NAZARIY AS OS LARI
- Author: N.R.XANXADJAYEVA
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: toshkent
- Year: 2006
- Views: 225
Trikotaj ishlab chiqarish sanoati yengil sanoatning eng tez
rivojlanuvchi va yuqori samaradorlikka ega bo'lgan tarmoqlaridan
biridir. Trikotaj mahsulotlarining xilma-xilligi, betakrorligi,
xususiyatlari jihatidan tengi yo'qligi ularga bo‘lgan talabni yildan
yilga oshirib bormoqda. Xalq iste’mol mahsulotlari ishlab
chiqarishda to‘qimachilik sanoati tarmoqlarining ichida «Trikotaj
ishlab chiqarish texnologiyasi» o‘zining unumdorligi, samaradorligi,
ishlab chiqarish sharoitlari bo‘yicha qulayligi bilan ajralib turadi.
Trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, ulaming
sifatini yaxshilash, shuningdek, yangi mahsulot turlarini yaratish
uchun yangi texnika va ilg‘or texnologiya, ishlab chiqarish
jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish
asosida ishlab chiqarishning texnik ko'rsatkichlari darajasini
oshirish ko‘zda tutilmoqda. Bulaming hammasi muhim texnik va
texnologik vazifalarni bajarishni talab qiladi. Shuning uchun
trikotaj ishlab chiqarish texnika va texnologiyasini biladigan,
nazariy bilimlami puxta egallagan va ulami amalda qo'llay oladigan
mutaxassislarga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda.
Trikotaj to‘quv mashinalaridan ishlab chiqarilayotgan to‘qima
turlarini ko‘paytirish, doimiy bir xillikdan «qochib», mashinaning
texnologik imkoniyatlaridan kengroq