166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

“O‗quvchilarga naqqoshlik kompozitsiyasi tuzish yo‗llarini o‗rgatish”

“O‗quvchilarga naqqoshlik kompozitsiyasi tuzish yo‗llarini o‗rgatish”

  • Author: Qodirova Charos Eshmo‘minovna
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: toshkent
  • Year: 2003
  • Views: 194
Sign up for read

 dasturi»da inson, uning har tomonlama uyg‗un kamol topishi va
faravonligi, shaxs manfaatlarini ro‗yobga chiqarishning sharoitlarini va
ta‘sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulqatvorning andozalarni o‗zgartirish, respublikamizda amalga oshirilayotgan
islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi ekani, xalqning boy
intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat,
iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarining yutuqlari asosida tayyorlashning
mukammal tizimini shakllantirish O‗zbekiston taraqqiyotining muhim sharti
ekani ta‘kidlangan.
Darxaqiqat, mamlakatimizning istiqlolga erishishi eng muhim ijtimoiy
omil sifatida xalq turmush tarzining tubdan o‗zgarishiga asos bo‗ldi. Bunday
o‗zgarish ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy sohalarning rivojlanishiga imkon beradigan
nazariy hamda amaliy asoslarni tadqiq qilish, ularni jadal tarzda turmushga joriy
etish vazifasini qo‗ydi. Xalqimiz mustaqillikka erishganidan keyin amaliy san‘at
sohasida ham bir qator o‗zgarishlar vujudga keldi. Jumladan, kasb-hunar
o‗rgatish mazmuni va metodikasi hamda tizimi tubdan o‗zgardi. Bu siyosiy
jarayon mustaqil davlatimizning «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonun hamda «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» da o‗z aksini topdi. Mustaqil davlatimiz kelajagi
bo‗lgan yosh avlodga ta‘lim-tarbiya berishning nazariy va amaliy asoslarini
tadqiq etish vazifasi amaliy san‘at oldida turgan, o‗z yechimini kutayotgan
dolzarb muammolardan biriga aylandi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi.
Malakaviy ishning asosiy maqsadi xalq amaliy san‘at to‗garaklarida
talabalarga hunar o‗rgatishda naqqoshlik mashg‗ulotlarida kompozitsiya tuzishni
o‗rgatishning nazariy va amaliy jihatlarini tajribalarda qo‗llash.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
- Talabalarda naqqoshlik san‘ati tarixi, t