Rang tasvir kompazitsiyasi
- Author: Isoxojayiva Nasiba
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: toshkent
- Year: 1986
- Views: 252
Tarixga nazar tashlaydigan boMsak yurtimizda ajdodlarimizning
buyuk me’roslariga egamiz. Shuningdek, arxitektura sohasida ham
dunyoga tanilgan go‘zal va nafis bezatilgan tarixiy binolarimiz bor.
Albatta bu binolami bezashda me'morlar, hunarmandlar, usta - rassomlar o‘z san’atlarini ko‘rsatishgan. Bugungi kunda ham insoniyatni
hayratga solmoqda. Ayniqsa, bobomiz Amir Temur va temuriylar
davrida tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan binolar qad ko‘targan. Bu
binolar bezaklari hozirgacha katta ahamiyatga ega bo‘lib, olimlar,
me’morlar, rassomlar katta qiziqish bilan o‘rganib kelmoqdalar. Hozirgi paytda ilm olayotgan yoshlar ham katta qiziqish bilan o‘rganmoqdalar. BoMajak yosh mutaxassislar o‘zlarining ijodiy ishlarida
unumli foydalanib go‘zal binolar yaratmoqdalar. Ayni paytda milliy
zamonaviy binolami bezash ishlari davom etmoqda. Shuningdek,
mahobatli rangtasvir turlari balan bezash ommalashib borayotgani
bejiz emas. Arxitekturada mahobatli bezak san’ati ashyo va texnikasi
rang - barangligi bilan ajralib turadi. Ulardan ba’zilari; freska,
temperali rangtasvir (rospis), mozaika, enkaustika, sgraffito, rang -
barang vitraj rangtasviri eng qadimiy turlardan hisoblanib, o'zining
an’anaviy va zamonaviy usullari shakllanib bormoqda.
Bu albatda texnikalaming o'zgarishi, rivojlanishi to‘xtadi degani
emas. Har bir davr arxitekturasida ular yangicha hayotda yashay
boshladi. Monumentalist (mahobatchi) rassomlar amaliyotda ayniqsa,
keyingi yillarda yangi ashyo va texnikalardan foydalanib amalga,
oshirmoqdalar. Shu bois mahobatli rangtasvirga doir juda ko‘p
adabiyotlar mavjud, ammo bu adabiyotlar talabni qondirmasligi
mumkin. Sababi ular qadimiy «usullar» haqida bo‘lib tarixiy manba
hisoblanadi.
Yangi ashyolar va texnikalar haqidagi ma’lumot gazeta va
jumallarda tasodifan e’lon qilinib qoladi. Rassomlaming texnologiya
haqida o‘tkazilgan amaliy sinovlar yangi mahobatli rangtasvir san’ati
shakllarini rivojlanishiga asos soladi.
Bu darslikni yozishga sabab mahobatli rangtasvir texnika va
texnologiyalaming asosiy turlarini qamrab olish, yosh rassomlarga,