R A N G T A S V I R
- Author: S. ABDIRASILOV, N. TO LIPO V , N. ORIPOVA
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: toshkent
- Year: 2006
- Views: 228
Tasviriy san’atning nazariyasini muntazam o'rganish,
ushbu ta’limni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning asosi
hisoblanadi. Rangtasvir qonun-qoidalarini puxta egallagan talabagina amaliy ijodda samarali shug‘ullanishi mumkin. "Kimda-kim ilmni amaliyotsiz tasavvur etsa, — u
bamisoli suzishga eshkaksiz chiqayotgan qayiq haydovchisidir va u hech qachon qayerga ketayotganligiga
to‘la ishonch hosil qila olmaydi,— deya ta’kidlagan Leonardo da Vinchi.— Ayniqsa rangtasvir sohasida amaliyot
hamisha kuchli nazariyot bilan bogiiq holda amalga oshirilishi zarur va bularsiz hech narsaga erishib bo'lmaydi"1.
Rus rassomi va pedagogi D.N. Kardovskiy aytib o'tganidek: "San’atni o‘rganayotganlar tasvirlashning yo'llari
va usullari, ya’ni narsalaming shakli, nisbatlari, rangi,
yorug'ligi, xususiyati va harakat qonuniyatlariga bo'ysunishga majburdirlar"2.
Tasviriy san’atning tarixi rangtasvirni amaliy o'rganishda
juda katta metodik tajribaga ega. Metodikaga oid adabiyotlarda juda qimmatli materiallar to'plangan bo'lib, ularda
ko'plab texnik va texnologik maslahatlar yoritilgan. Rangtasvir nazariyasiga kelsak, bu masalada tarixiy merosning
ahamiyati unchalik sezilmaydi. Rus badiiy Akademiyasida
ham rangtasvirni amaliy tarzda o'qitish juda kuchli