166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA TEXNIKASI

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA TEXNIKASI

  • Author: O.R.YULDASHEV, SH.G.JABBOROVA
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Toshkent
  • Year: 2006
  • Views: 345
Sign up for read

SO’Z BOSHI
Insoniyat taraqqiyotining XX nchi asri o’tib, XXI nchi asriga qadam
qo’ydik. O’tgan asrda yuz bergan ijobiy o’zgarish ilm-fan taraqqiyotining
yuqori bosqichlarga ko’tarilganligi, yangi texnika va texnologiyalarning
paydo bo’lganligidir.
Ma’lumki, fan-texnikaning rivojlanishi birinchi navbatda ishlab
chiqarish kuchlarini qayta taqsimlashga olib keladi. Yangi texnologiya
bilan ishlab chiqarish samaradorligi oshadi, ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar sifati yaxshilanadi, dunyo bozoridagi raqobatni vujudga
keltiradi va ilm-fan darajasi past bo’lgan davlatlarda ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni jahon bozorida sotish imkoniyati yo’qoldi.
Shuning uchun ham davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishlaridan
biri bo’lgan ilm-fan tizimini isloh qilish hozirgi vaqtda dolzarb masalalar
qatorida turibdi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bo’yicha o’tkazilayotgan o’quv tizimi
islohoti bir necha bosqichdan iborat qilib belgilangan. Bunda birinchi
bosqich to’liqsiz o’rta ma’lumot, 9 yillik maktablarda amalgam oshiriladi,
ikkinchi bosqich kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda bajariladi
va keyingi bosqichda universitet va institutlarda bakalavrlar tayyorlash
yo’lga qo’yildi, nihoyat oxirgi bosqich magistrlar ya’ni yo’nalish bo’yicha
yetuk mutaxassislar tayyorlash bilan natijalanadi.
Bu ishlarni amalga oshirishda ikkita katta muammo paydo bo’ladi.
Bulardan birinchisi bu tayyorlov bosqichlarini amalga oshirishlari kerak
bo’lgan mutaxassis kadrlar va ikkinchisi o’quv-uslubiy ko’rsatmalar va
darsliklar masalasidir.
Hozirgi vaqtda bu masalalarni hal qili