TIKUVCHILIK KORXONALARI JIHOZLARI VA USKUNALARI

- Author: QAHRAMON OLIMOV
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2006
- Views: 667
Mamlakatimiz iqtisodiyotida tub o‘zgarishlar amalga oshirilishi,
resðublika iqtisodiyoti asosan xomashyo yo‘nalishidan raqobatbardosh
pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil o‘tayotganligi,
mamlakat eksðort salohiyati kengayayotganligi ishlab chiqarishning
har bir sohasi oldiga yangi vazifalarni qo‘ydi. Jumladan, tikuvchilik
sanoatini rivojlantirish, xalqimizni yuqori sifatli, chiroyli kiyimlar
bilan ta’minlash yengil sanoat xodimlari oldida turgan muhim
vazifalardandir. Albatta, bu vazifalarni bajarish uchun tikuvchilik
mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularning sifatini
yaxshilash, yangi yuksak samarali texnikaga ega bo‘lgan korxonalarni
yaratish kerak bo‘ladi. Hozirgi ðaytda Vatanimiz tikuvchilik
korxonalari fan-texnikaning oxirgi yutuqlari asosida ishlab chiqarilgan
jihozlar bilan to‘ldirilmoqda. Mashina va uskunalarni xilma-xil
moslamalar bilan jihozlash orqali texnologik jarayonlarni komðleks
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish davom etmoqda.
Ishlab chiqarishning tayyorlov va bichish bo‘limlaridagi ishlarni
mexanizatsiyalashtiradigan mashina, mexanizmlar va tashish
qurilmalari komðleksi ishlab chiqilmoqda. Gazlamalarning nuqsonini
aniqlaydigan, bo‘yi va enini aniq o‘lchaydigan yangi mashinalar
joriy qilinmoqda. Òikuvchilik buyumlarini loyihalash matematik
asosda rivojlantirilib, elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish
mumkin bo‘ldi. Kiyim qirqimlarini lazer nurlari, ultratovush, yuqori
chastotali elektr uchquni bilan bichishda dasturlashtirilgan elektron
boshqaruv sistemalaridan foydalanilmoqda.
Bir vaqtning o‘zida bir nechta texnologik jarayonni bajarish
imkonini beradigan