166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODOLOGIY ASI

PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODOLOGIY ASI

  • Author: B. XODJAYEV, A. CHORIYEV, Z. SALIYEVA
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Iqtisodiyot Dunyosi
  • Year: 2018
  • Views: 251
Sign up for read

Pedagogika - bu fundamental va amaliy fan. Fundamental va
amaliy tadqiqotlar, avvalo ustuvor maqsadlarni o'zida ifoda etishi bilan
farqlanadi. Fundamental tadqiqotlarning strategik maqsadi - nazariya va
konsepsiyalarni yaratish, qonun va qonuniyatlarni aniqlash, real
obyektlarning ahamiyati va xususiyatlarini tizimlashtirishdan iborat.
Fundamental tadqiqotlar jarayonida obyektlarning nazariy modellari
yaratiladi. Fundamental tadqiqotlar nafaqat ontologik, prognostik, balki
metodologik va evristik funksiyalarni ham bajaradi, ya’ni muammoning
tadqiq etish lozim bo‘lgan yangi qirralarini ochib beradi hamda amaliy
tadqiqotlarning evristik strategiyalari va texnologiyalarini ishlab chiqish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.